Tezkor: Ispaniyaning mashhur klubi Fayzullaev uchun kurashga qo‘shildi!

  • 4 dekabr, 2024, 08:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari sekin-asta Evropaning top-chempionatlarini zabt eta boshladi.

Tecno

O‘zbekiston milliy terma jamoasining amaldagi o‘yinchilaridan Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasida katta tajriba to‘pladi. Yangi avlod vakili Abduqodir Husanovning Frantsiya chempionatidagi yorqin o‘yinlari Evropa klublarini o‘zbekistonlik charm to‘p ustalariga e’tibor qaratishiga xizmat qilayotgan omillardan biriga aylandi.

Husanovning o‘ziga Frantsiya, Angliya, Germaniya va Ispaniyadagi jami o‘ndan ortiq klublardan jiddiyo qiziqish bo‘lmoqda.

Evropaga yo‘l olish imkoniyati yuqori bo‘lgan futbolchilarimizdan biri Abbosbek Fayzullaev hisoblanadi. 21 yoshli legionerimiz TsSKA safida Rossiya Premer-ligasida ikkinchi mavsumini ham muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda. Bundan tashqari, avval turli yoshdagi terma jamoalarimizda faollik ko‘rsatgan Abbosbek endi milliy jamoada ham etakchilikni o‘z zimmasiga oldi va xalqaro miqyosdagi o‘yinlarda porlamoqda.

Kuni kecha, Fayzullaevga Frantsiya chempionatidan “Monako” qiziqayotgani va transfer uchun 15 million evro tikishga tayyor  ekani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Endi bir necha nufuzli manbalar o‘zbek futbolchisi uchun Ispaniyaning mashhur klublaridan biri “Real Sosedad” ham qo‘shilgani haqida axborot chiqara boshladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumkor futbolchini kuzatib kelayotgan saen-sebastyanliklar Abbosning transferini yanvar oyidayoq hal qilishni rejalashtirmoqda.

“Real Sosedad” Rossiya chempionatini kuzatib borishi sir emas. Chunki bu jamoa 2023 yilning yozida Moskvaning “Dinamo” jamoasidan Arsen Zaxaryanni transfer qilgan edi.

“Real Sosedad” ispan futbolida 115 yillik tarixga ega nomdor klublaridan biri hisoblanadi. San-Sebastyan shahri sharafini himoya qilayotgan ushbu jamoa 1980-1982 yilgi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba Ispaniya chempionoigini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, “Real Sosedad” uch marotaba mamlakat kubogi va bir marta Superkubok sohibi ham bo‘lgan.

Keyingi yillar davomida jamoa muntazam Evropa kuboklariga yo‘llanma beradigan o‘rinlar uchun kurashib keladi.

Abbosbek Fayzullaevning o‘yinini kuzatib keladigan ekspertlarning aksariyati o‘zbek futbolchisi ispan futboliga mos kelishini ta’kidlamoqda. 21 yoshli o‘yinchimizning o‘zida ham Ispaniya chempionatiga o‘tish orzusi bor. Shu bois, Abbos ingliz tilini bilishiga qaramay, ispancha o‘rganib yuribdi.

Fayzullaev bir necha intervyusida Lionel Messi va “Barselona”ning ashaddiy muxlisi ekanini, biroq Ispaniya chempionatidan taklif bo‘lsa, boshqa klublarga ham o‘tishga rozi bo‘lishini ta’kidlagan edi.

Legionerimizga bo‘layotgan qiziqishlar fonida uning faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Demak, Abduqodir Husanov kabi Abbosbek Fayzullaevning ham atrofidagi vaziyatni kuzatib boramiz!

Fayzullaev va TsSKA “Monako” taklifini qabul qiladimi?

Fayzullaevga “Monako” qiziqayotganiga munosabat bildirildi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Kristian Vieri
04/12/2024 21:26
Qayta qayta bitta yangilikni chiqaro'vrish o'zilaniyam jonilarga tegib ketsa keraga