
Tezkor! Legionerimiz jamoasini o‘zgartirdi
Belorusning "BATE" klubida to‘p tepib kelayotgan legionerimiz Shahboz Umarov faoliyatini Qozog‘iston chempionatida davom ettiradi.
Ma’lum bo‘lishicha, futbolchimiz ijara asosida "Ordabasi" klubi safiga kelib qo‘shilgan.
U Aleksandr Mixaylov bilan kelib chiqqan mojaro tufayli bu mavsum Belarus chempionatining birorta ham o‘yinida maydonga tushmadi.
O‘tgan mavsumda Shahboz 27 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol hamda 8 ta assist muallifiga aylangandi.
Fikrlar