Tezkor! O‘zbekiston U20 terma jamoasi ishtirok etadigan jahon chempionati taqvimi e’lon qilindi

  • 22 aprel, 2023, 01:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Futbol bo‘yicha 20 yoshlilar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Argentina mezbonlik qiladigan turnirda yoshlarimiz "A" guruhidan joy oldi. 

Mazkur guruhda vakillarimizga mezbon Argentina, Yangi Zelandiya hamda Gvatemala termalari raqiblik qiladi. Musobaqa 20 maydan 11 iyunga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda 24 jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

Ochilish o‘yini Argentina va O‘zbekiston termalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur turnirning taqvimi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi guruhdagi uchta o‘yinni ham "Santyago-del-Estero" stadionida o‘tkazadi. Agar guruhdan chiqadigan bo‘lsak, uchrashuv uchun "San-Xuan" yoki "Mendosa" o‘yingohlaridan biriga boramiz.

erek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!