
Tezkor xabar! Jaloliddin Masharipov legionerga aylanishga yaqin
Ancha vaqtdan beri "Paxtakor" futbolchisi Jaloliddin Masharipovga xorijdan takliflar bo‘lmoqda. Ammo "sherlar" uni yaxshiroq pulga qo‘yib yubormoqchi ekanligini Masharipovning o‘zi intervyularida ko‘p bor ta’kidlagan.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi faoliyatini Qatarda davom ettirishga yaqin. Hamyurtimizni Qatar klubi o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu borada ulartez orada bir qarorga kelishi aytilmoqda. Hozircha, Masharipovga aynan qaysi klub qiziqish bildirayotgani sir tutilmoqda.
Jaloliddin Masharipovga xorijdan taklif bo‘ldi
"Paxtakor" Masharipov bo‘yicha Qatar klublaridan rasmiy taklif oldi
Avvalroq, toshkentliklar Masharipov uchun Qatar klublaridan rasmiy taklif olgani bo‘yicha “Paxtakor” sport direktori Ja’far Irismetov sports.uz saytiga ma’lum qilgandi.
Fikrlar