
Tezkor xabar! Nursulton Ro‘ziboevning jangi bekor qilindi
Bugun, 11 mart kuni Bahraynning Manama shahrida Brave CF promousheni navbatdagi jang kechasini tashkil etadi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu oqshomda yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboev (34-8-2-1N/C) ham oktagonga ko‘tariladi. Unga braziliyalik Luis Felipe Dias (14-3) raqiblik qiladi. SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, Ro‘ziboevning raqibi Luis Felipe Dias vazn o‘lchash marosimidan keyin jang qila olmasligini aytgan.
Bu jang bekor qilinganini bildiradi.
Fikrlar