Tezkor xabar! "So‘g‘diyona" OChLda qatnashish uchun litsenziyaga ega bo‘ldi

  • 29.11.2019 12:38
  • Bekzod Isayev
  • 9
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

OFK 2020 yili OChL uchun litsenziya olgan klublar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra PFL O‘zbekistondan 14 ta ro‘yxat bergan va 7 tasida litsenziyani qo‘lga kiritgan, bittasi ma’lum bir cheklov asosida. O‘sha jamoa "So‘g‘diyona" bo‘lib jizzaxliklar ayrim talablarga javob bera olmaydi. PFL bu kamchiliklarni muhim emas deb topgan shekillik va litsenziya shartli ravishda berilgan bo‘lishi mumkin, - deya xabar berdi Alisher Nikimbaev telegramdagi o‘zining sahifasida.

Shuning uchun ertaga "Bunyodkor" va "So‘g‘diyona" o‘rtasidagi o‘yinda nafaqat 3-o‘rin uchun bahs, balki OChL-2020da O‘zbekiston nomidan qatnashadigan 3-yo‘llanma uchun "jang" bo‘ladi.

Keyinchi?

21 yanvar kuni O‘zbekistonning 2 klubi pley-offda, "Lokomotiv" va "Bunyodkor"/"So‘g‘diyona" uyda o‘yin o‘tkazadi.

"Lokomotiv" Tojikistonning "Istiqlol" klubiga qarshi o‘ynaydi. 

"Bunyodkor" yoki "So‘g‘diyona" Iroqning "Al-Zaura" klubi bilan kuch sinashadi.

Ehtimoliy g‘alaba jamoalarimizni 28 yanvar kuni safarda o‘tkaziladigan 3-bosqich yo‘llanmasini ta’minlaydi:

"Lokomotiv" Jiddada Saudiya Arabistonining "Al-Ahli"siga qarshi o‘ynaydi. 

"Bunyodkor" yoki "So‘g‘diyona" BAAning "Al-Ayn" jamoa bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Xasan Turaev
29/11/2019 16:14
So‘g‘diyona chempionlar ligasida o‘ynaydi.Ertaga Bunyodkor kichik hisobda mag‘lub etiladi
Baxtee Madaminov
29/11/2019 12:57
Sògdiyona olgan bu litsenziyasi befoyda chiqolmaydi. Oldindan Bunyodkor chiqishi naqt qilib qoyilgan Navbahorni hakam orqali maglubiyatga uchratishi, Paxtakor kuchli tarkibi bilan maglub bolishi. Bunyodkor osiyoga chiqishini sport direktori oldindan xamma rejalarini aytib òtdi. Òzbek muxlislari futbolmas TEATR tomosha qilmoqda xammasi reja asosida amalga oshmoqda. Bizda futbol xech qachon rivojlanmaydi Ermatov degan janob kursda bolsalayam xamma narsa oldindan rejalab qoyiladi kim chempion bolishiyu kim osiyoda oynashi. Bu yerda faqat qorda yomgirda otirgan muxlislarga qiyin boladi. Bir gap bilan aytgan bu kursda òtirganlar viloyat jamoalarini yomon koradi ayniqsa Navbahorni...
Baxriddin Murodov
30/11/2019 07:28
teatr ko‘ramizmi yana
&
AzizXudoyberdiyev
29/11/2019 21:06
Bunyodkor chiqsin Sugʻdiona parot qiladi agmkga oʻxshab
&
BBS UZB
29/11/2019 18:32
Oldin ham yozganman.
1 paxta
2 loko
3 so'g'd
4 bunik
...
Omadinglarni bersin-ey
Дилшод Даврлнов
29/11/2019 14:27
Бу гапга кушиламан Бу буларни бйзниеси Фудбол эса халкники бунакаларни халкнинг каргиши урсин аеримларини... Виждонли иктидорли зур уенаедиган Натижа курсатадиган мурабиелар хам бор Лекин хамасини пул рахбарлар хал киляпти Курсида утириб гол уряпти ЛАНАТ СЕНЛАРГА УЗБЕК Фудболини оёк ости килма
Sherzod Qodirov
29/11/2019 20:26
Befoyda gap odamlarni yani muxlislarni panika qilavermasin deb sugdiyonaga litsenziya berildi deyishdi aslida nimaligin juda yaxshi bilishadi indami osha bunyodkorga beraverina gap soz qilmay biza muxlislar kozimiz kor qulogimiz kar bolip turamiz etiborina uchun
Islom Esanov
29/11/2019 20:22
bu safar sudyani yon bosadimi endi? Bunyodkorga
&
Shahzodbek
29/11/2019 16:48
Sug'diyona xozirda yaxshi formada ularga yangi rux bera oldi Ulug'bek Baqqoyev bizning odamlar shunaqa sal kutarildinmi qanday gaplashting qancha oldi deyishadi, hammani insofini berversin