“The Guardian” nashri 2008 yilda tug‘ilgan eng iste’dodli futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi

  • 15 oktabr, 14:18
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"The Guardian" nashri 2008 yilda tug‘ilgan eng iste’dodli 60 ta futbolchining ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

E’tiborlisi, ushbu reytingda Qozog‘istonning "Qayrat" jamoasi hujumchisi Dastan Satpaev, Tbilisining "Dinamo" a’zosi Saba Xarebashvili va O‘zbekistonning "Bunyodkor"klubidan forvard Sadriddin Xasanov ham joy oldi.

Shuningdek, mutaxassislar «Barselona»dan vinger Toni Fernandes va yarim himoyachi Niko Gilena, PSJ forvardi Ibragim Mbaye imkoniyatlarini yuqori baholashgan. Mbaye joriy mavsumda Parij klubi safida barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushgan, shu jumladan Chempionlar Ligasining guruh bosqichi 2-turida "Barselona"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan.(2:1).

Ma’lumot uchun, Sadriddin Xasanov Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritish uchun nomzodlar qatoridan ham joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!