
The Guardian nashri Ravshan Ermatovni tanimadi (foto)
Jahonda o‘z o‘rniga ega xalqaro nashrlardan biri hisoblangan Britaniyaning "The Guardian" nashri 2010 yilgi Jahon chempionatida 5 ta o‘yinni boshqargan holda jahon rekordini qayd etgan, Osiyoda esa 4 marotaba «yilning eng yaxshi hakami» deya tan olingan o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov taniy olmadi.
Gap shundaki, Jahon chempionati saralashi doirasida Avstraliya - Suriya uchrashuvini boshqargan hamyurtimiz jarohati sabab o‘z o‘rnini Ilgiz Tantashevga bo‘shatib bergan edi.
Ekstra taymlarda hakamlik qilgan Tantashev suriyalik futbolchi Mahmud al Mavasni maydondan chetlatgan edi. O‘yinni onlayn tarzda translyatsiya qilgan “The Guardian” nashri esa Ilgiz Tantashevni Ravshan Ermatov bilan adashtirib yubordi (rasmda).
Fikrlar