"The Ring" P4P qiroli o‘zgardi. Usikni kim pastga tushirdi?

  • 10 iyun, 2022, 22:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning eng mashhur narshi hisoblangan "The Ring" professional boks vaznlarida o‘zining norasmiy reytingini e’lon qilib boradi. Shuningdek, nashrning vazn toifalaridan qat’iy nazar "Pound 4 Pound" reytingi ham ancha e’tiborni o‘ziga tortadi. Bu safar ham reytingda o‘zgarish bo‘ldi. 3-o‘rinda borgan yaponiyalik Naoya Inoue Krouford va Usikdan o‘tib ketgan holda 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. U yaqindagina Nonito Doneyr ustidan muddatidan oldin g‘alaba qozongan holda 53 kg vaznda WBA, WBC, IBF kamarlari birlashgan edi. Qolaversa, u 3 vaznda jahon chempioni hisoblanadi. Reyting bilan tanishing: 

Tecno

1. Naoya Inoue (Yaponiya) 

2. Aleksandr Usik (Ukraina) 

3. Terens Krouford (Amerika) 

4. Errol Spens (Amerika) 

5. Xuan Fransisko Estrada (Meksika) 

6. Saul Alvares (Meksika) 

7. Vasiliy Lomachenko (Ukraina) 

8. Dmitriy Bivol (Rossiya)

9. Josh Teylor (Shotlandiya) 

10. Jermell Charlo (Amerika)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!