The Sun O'zbekistonga kelgan mashhur futbolchini Bred Pitt va Di Kaprio bilan taqqosladi
Buyuk Britaniyaning mashhur The Sun nashri o‘z davrida Londonning “Arsenal” jamoasida porlagan Rossiya milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Andrey Arshavinning O‘zbekistonga sayohati haqida maqola e’lon qildi.
Sayohat davomida Arshavin kulolchilik bo‘yicha master-klassda ishtirok etdi, shu sababli uni ikki gollivud yulduzi — Bred Pitt va Leonardo Di Kaprio bilan taqqosladi.
Maqolada ta’kidlanishicha, Bred Pitt va Leonardo Di Kaprio Los-Anjelesdagi Pittning uyida kulolchilik bilan shug‘ullanish orqali do‘stlashib qolgan.
Maqolaning sarlavhasi quyidagicha chiqqan: “44 yoshli “Arsenal”ning afsonaviy o‘yinchisi futbolni yangi xobbiga almashtirib, Leonardo Di Kaprio qiziqadigan mashg‘ulot bilan shug‘ullanaotgani sabab tanib bo‘lmas darajada o‘zgargan”.
Eslatib o‘tamiz, Andrey Arshavin 2018 yilda faoliyatini yakunlagan.

Fikrlar