
Tiago Motta: "Hali ancha ko‘p ishlashimiz kerak"
"Yuventus" bosh murabbiyi Tiago Motta "Roma" bilan 0:0 hisobida yakunlangan o‘yin haqida fikr bildirdi.
“Bu muvozanatli o‘yin bo‘ldi. "Roma" asosan bizning qanotlarimizdan hujum qildi. Ammo ikkinchi bo‘limda biz yaxshiroq o‘ynadik, ko‘proq to‘pga ega bo‘ldik va raqibni o‘z jarima maydonchasiga tushirishga harakat qildik. Menimcha, natija adolatli.
"Roma" o‘yinni sekinlashtirdi. Biroq, bu natija uchun qilingani sababli hurmatga loyiq. Oldinga o‘tish va ularni orqaga qaytarish biz uchun qiyin bo‘ldi. Kuchli raqiblarga qarshi o‘yinimizni o‘ziga keltirib olish uchun ko‘p narsani yaxshilashimiz kerak. O‘yin juda muvozanatli o‘tdi.
Bizda juda ko‘p sifatli o‘yinchilar bor. Mavsumning ushbu bosqichida intensivlik biroz pasayib ketishi odatiy holdir. Ammo jamoamizdagi har bir kishi g‘alabalar uchun o‘z hissasini qo‘shishga tayyor.
Endi “Empoli”ga qarshi bor kuchimiz bilan o‘ynaymiz. Mavsum oxirida qaerda ekanligimizni ko‘ramiz. Biroq, boshqa biror narsa deyishga hali erta. Bizda har bir o‘yinda kurashadigan raqobatbardosh, ahil jamoa bor”, - dedi “Yuventus” bosh murabbiyi o‘yindan keyin bergan intervyusida.
Fikrlar