Tiago Silva: "Yiqilganimda har safar o‘rnimdan turdim"
Braziliya terma jamoasi sardori Tiago Silva mundialdagi ishtiroki haqida gapirdi.
"Raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar gol urishimiz kerak edi. Xorvatiya ajoyib jamoa. Biz ularga qarshi juda tarqoq va tartibsiz harakat harakat qildik. Men har bir jamoadoshimdan faxrlanaman.
Futbolda, shaxsiy hayotimda turli qarorlar qabul qilganman. Juda qattiq xohlagan narsani yo‘qotish alamli. Har yiqilganimda o‘rnimdan turganman.
Afsuski, futbolchi sifatida bu kubokni ko‘tara olmadim. Balki murabbiy sifatida buni uddalarman", - dedi 38 yoshli himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, bu Jahon chempionati katta ehtimol bilan Silva uchun so‘nggisi bo‘ladi. Mundial favoriti sifatida ko‘rilgan "pentakampeonlar" chorak finalda Xorvatiya to‘sig‘idan o‘ta olmadi.



Fikrlar