Tim Xovard ertaga faoliyatini yakunlaydi

  • 28 sentabr, 2019, 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda “Kolorado” klubida to‘p surayotgan AQSh terma jamoasi sobiq darvozaboni Tim Xovard futbolchilik faoliyatini yakunlamoqda. Aniqrog‘i, 40 yoshli posbon ertaga 29 sentyabr kuni MLSning “Dallas”ga qarshi o‘yinda o‘zining professional faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu o‘yin oldidan  Xovardning hayrlashuv uchrashuviga atalgan maxsus tadbir tashkillashtiriladi.

Ma’lumot uchun, Tim Xovard o‘zining futbolchilik faoliyati davomida jami 700 dan ortiq o‘yinda maydonga tushib, ularning 300 tasida g‘alaba qozongan va 211 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan. U AQSh terma jamoasi safida 2007 va 2017 yillarda “Oltin KONKAKAF” kubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!