Timoti Bredli ham faoliyatini yakunladi
Ikki vazn toifasining sobiq jahon chempioni Timoti Bredli Instagram sahifasida professional faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. Amerikalik bokschi o‘z vaqtida WBC va WBO chempionlik kamarlariga egalik qilgan. Endi u murabbiy va sharhlovchi sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.
– O‘ylaymanki, boksda qolaman. Men shogirdlar tayyorlashga va sharhlovchilik qilishga tayyorman. Og‘ir damlarda qadrli muxlislar, qo‘llab-quvvatlashingiz bilan o‘zimni ishonchim ortdi. 23 yil men bilan birga bo‘lganlaringiz uchun rahmat, – deb yozadi Bredli.
Eslatib o‘tamiz, Bredli professional ringda 36 jang o‘tkazib, 33 g‘alaba (13 – nokaut), 2 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.
Fikrlar