Timur Kapadze: Gol o‘tkazib yubormaganimiz ortida jamoaviy mehnat yotipti

  • 26 aprel, 2024, 23:39
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston U23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– Barchani bugungi natija bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuvda g‘alaba qozondik. Futbolchilarimiz ham yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Endilikda maqsadimiz yo‘lida turgan oldindagi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. 

O‘yinga emotsional tayyorgarlik haqida:
– O‘yinga qadar futbolchilar bilan bu tomonlama ham gaplashdik va tayyorgarlik ko‘rdik. Bu futbol, o‘yin davomida har xil vaziyat bo‘ladi. Bugungi o‘yin davomida ham vaziyatlarda sovuqqon va og‘ir bosiqlik namoyish eta oldik, deb o‘ylayman. 

Indoneziyaga qarshi kechadigan keyingi o‘yin haqida:
– Biz bor e’tiborimizni bugungi o‘yinga qaragandik. Lekin Indoneziyaning ham o‘yinini ko‘rdik. Kuchli jamoa, Koreyani turnirdan chiqarib yuborib, o‘z imkoniyatlarini namoyish etishdi. Biz endilikda yarim final o‘yiniga tayyorgarlikni boshlaymiz. 

Gol o‘tkazib yubormaslik haqida:
– Bu albatta jamoaviy mehnat. Himoyalanish hujumchilardan boshlanadi. Shu sababli, gol o‘tkazib yubormaganimiz ortida jamoaviy mehnat yotipti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abu Yunusbek 72
27/04/2024 06:28
Футболчи йигитларимиз ўқишса, голни нишонлаш учун янги бир маслаҳат, гол ургач чордана қилиб ўтиринглар, худди лаганда ош еяётгандек қилинглар, бир-бирларингга олинг-олинг қилинглар. Менимча, бу чет элликларга жуда қизиқ бўлади.
Pardayev Shavkat
27/04/2024 01:27
Тимур ва унинг жамоасига, Париж Олимпиадасида ҳам юксак марраларга эришишини тилаб қоламан. Олға йигитлар!!!
Мамлакатимизни дунёга танитишда, қандай виждон билан, қандай Ватанпарварлик рухи билан, Халқумимиз учун эмас, халқимиз учун меҳнат қилишни, мамлакатимиз халқ хўжалигининг турли тармоқларида "ишлайдиган" амакиларингга кўрсатиб қўйиб, намуна бўлинглар! Рахмат!!!
&
Komil Xorazmiy
27/04/2024 00:14
Кападзе фудбол уйнаган пайтиям номер 1 эди , энди навбат муррабийликка , Миллий Терма жамоани бошкариш насиб килсин ва Осиёда топ жамолар хаторига кирсин МТЖ
&
Abror1987
26/04/2024 23:52
Zo'r
Zikrilla Zikrilla
27/04/2024 10:29
Temur Kapadze yashang! Boshqalarga o'xshab arablarning puliga sotilmay, o'zlariga yarasha o'yin ko'rsatib berdingiz.
Искандар Нарзикулов
27/04/2024 07:24
Тимур шундай давом эт отанга рхмат
&
Shukirulloh
27/04/2024 01:49
Yaxyoxo‘ja kechagi padkastda siz haqingizda aytganidan keyin fikrim o‘zgargandi, mehnatilarni samarasini bersin ilohim
&
Улуғбек
26/04/2024 23:52
Олға Ўзбекистон