Timur Kapadze: "Har bir o‘yin futbolchilarimizni kuchaytiradi"

  • 30 aprel, 2022, 23:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bunyodkor” – “Olimpik” (1:5) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Jamoamni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. “Bunyodkor” ham yaxshi jamoa. Bilamiz, iqtidorli futbolchilarga ega. Oldingi uchrashuvlarini ko‘rdik, chiroyli o‘yin ko‘rsatishgan. Jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik, oson bellashuv bo‘lmasligini bilardik. Oldingi bahslarda foydalanilmagan imkoniyatlardan bugun ancha samarali foydalandik. Natija biz uchun juda yaxshi. Balki “Bunyodkor” uchun katta shokdir. Biz yaxshi ishladik. Nafaqat bugun, har bir uchrashuvda yaxshi harakat qilyapmiz. Faqat vaziyatlardan foydalana olmayotganimiz tufayli g‘alaba qozona olmayotgandik.

Raqibni o‘rganib chiqqandik. Himoyada va hujumda qanday o‘yin ko‘rsatishlarini bilgan holda tayyorgarlik ko‘rdik. Biz deyarli imkoniyat bermadik. Zaif nuqtalaridan va kamchiliklaridan foydalanib, yutib ketdik.

Oldimizda katta maqsadlar turibdi. Bu jamoalar tayyorgarlik ko‘rishimiz uchun zamin yaratyapti. Bunday jamoalarga qarshi o‘ynash va tajriba orttirish juda muhim. Hech kimdan cho‘chishmayapti. “Surxon”ni hisobga olmaganda, deyarli barcha etakchilarga qarshi o‘ynadik. Menimcha, yaxshi taassurot qoldiryapmiz. O‘yindan-o‘yinga futbolchilarim tajriba to‘playapti. Keyingi uchrashuvda bundan ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bungacha durang va mag‘lubiyat bo‘ldi, ammo o‘yinimiz bor edi va yigitlar o‘sayotgandi. Shu bois xotirjam edim, bizga faqat g‘alaba etishmayotgandi xolos. Har bir o‘yin yigitlarimizni kuchaytiradi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!