Timur Kapadze: "Raqibni qanday jamoaligi haqida ma'lumot topishga qiynaldik"

  • 13.05.2026 00:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Navbahor” O‘zbekiston Kubogini “Qoraqalpog‘iston FA” jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshladi va o‘ta yirik – 9:0 hisobida raqibini tor-mor keltirdi. Uchrashuvdan so‘ng “Navbahor” bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi.

- G‘alaba bilan tabriklayman. O‘ylaymanki, bu o‘yin akademiya tarbiyalanuvchilari uchun foydali bo‘ldi. Garchi hisob o‘ta yirik bo‘lishiga qaramasdan baribir tajriba qo‘lga kiritishdi. Biz uchun mashg‘ulot o‘yinidek o‘tdi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘ramiz. Ko‘rganingizdek, hammaga imkoniyat berilyapti. Pro liga yoki birinchi liga bo‘lsin, Superliga jamoalariga qarshi jiddiy kurashishyapti. Shuning uchun har bir o‘yinga jiddiy qaraymiz.

- Akademiya jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida raqibni qanday jamoaligi haqida ma’lumot topishga qiynaldik. Akademiya tarbiyalanuvchilari bo‘lganidan keyin ko‘proq yoshlar bo‘ladi. Shuni inobatga olsak, ularda ko‘proq hayajon sezildi. Yaxshi o‘yin bilan bugungi o‘yinni hal qildik. Undan ham ko‘p vaziyatlarimiz bo‘ldi. Pro liga, birinchi liga jamoalari uchun Superliga klublariga qarshi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatishga motivatsiya katta bo‘ladi. Shuning uchun harakat qilishadi. Hammani o‘ziga yarasha maqsadi bor. Natijalarni ko‘rib hayron qoldim, ammo o‘yinlarni ko‘rmadim. Shunisi bilan ham qiziq.

- Har o‘yindan keyin doimiy ravishda tiklanish bo‘ladi, bu narsaga urg‘u qaratamiz. Har xil jarohatlar bor. Futbolda to‘qnashuvlar ko‘p bo‘ladi. Xudoga shukr, bu tomonlama hammasi joyida. Yevropa bilan solishtirish qiyin. Ob-havoda ham katta rol o‘ynaydi. Biz ham Rossiya yoki boshqa joyga ko‘p borardik. Havosi, namligi, qurug‘ligi yoki shunga o‘xshash holati ta’sir qiladi. Yevropadan jamoalar bu yerga kelsa, balki unchalik temp ko‘rsata olmasligi mumkin. Jismoniy jihatdan ham jamoalar ancha kuchayishdi. Bizda ham yildan-yilga kuchayayapti.

- Yaxshi niyat qilaylik, finalgacha boraylik, Kubokni yutaylik. Oldimizda ko‘p o‘yinlar bor va ko‘p ishlashimiz kerak. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. “FarDU” bilan “Xorazm” ham yaxshi jamoalar. Pro liga bilan Superliga o‘rtasida sezilarli darajada katta farq yo‘q. Har bir uchrashuvga jiddiy qaralsa hammasi joyida bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!