Timur Kapadze: "Surxon"dan bunaqa o‘yin kutmagandim!

  • 2 mart, 2022, 22:36
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 1-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Olimpik" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 0:0 hisobidagi nursiz durangga imzo chekdi. 

O‘yindan so‘ng murabbiylar matbuot anjumanida ishtirok etdi. Marhamat, olimpiadachilar ustozining fikrlari bilan tanishib chiqing. 

- Assalomu aleykum. Barchani yangi mavsum boshlangani bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsam, qiziqarli va kurashlarga boy uchrashuv guvohi bo‘ldik. Albatta, birinchi o‘yin bo‘lgani uchun yigitlarda xayajon sezildi va bir qator xatolarga yo‘l qo‘ydik. Umuman olganda, maydonda o‘ynayotgan futbolchilar uchun foydali bahs bo‘ldi. Sababi, Superliganing havosi boshqa. "Surxon" ham bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan ekan. Raqib uzatmalar orqali o‘ynadi va bu kurashlarga olib keldi.

Tecno

- Bizga legionerlarning keragi yo‘q. O‘zimizning yigitlarni tarbiyalayapmiz. Maqsadimiz shu kabi o‘yinlar bilan ularni yana ham kuchliroq qilish. Shuningdek, Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish va Osiyo chempionatida sovrinli o‘rinlar uchun kurashishni niyat qilganmiz. Shu sababli, bizga legioner kerak emas.

- Hayajon va boshqa omillar bizga halaqit berdi. Bundan tashqari, "Surxon" ham ajoyib kayfiyat bilan maydonga tushdi. Biroq biz harakatdan to‘xtamaymiz va o‘yindan-o‘yinga kuchayib boramiz.

- Jismoniy holatimiz optimal emas, ammo tayyorgarlik ko‘rdik. Bu kamchiligimizni sekin-astalik bilan bartaraf etamiz. Umuman olganda, ikkinchi bo‘limning oxirida biroz charchab qoldik, lekin ungacha har taraflama yaxshi edik. "Surxon"ni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ularning bosh murabbiyi klubda intensivlikni oshirgan. Bugungi o‘yinda ispan mutaxasisning jamoasidan kombinatsion o‘yin kutayotgandim. Biroq ular uzatmalar orqali ko‘p o‘ynadi.

- Har bir chiziqda xatolar va yutuqlar ko‘rindi. Shogirdlarim bundan ham yaxshi to‘p tepa olishiga ishonaman. Darvozabonimiz burchak zarbalari paytida ikkita seyv amalga oshirgani uchun  bellashuvning eng yaxshi o‘yinchini bo‘ldi. Biroq boshqa chiziqlarda ham ajoyib o‘yin namoyish etgan futbolchilarimiz bor edi. Bu o‘zgalarning tanlovi va bunga ortiqcha e’tibor bermayman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Marifjon Turajonov
03/03/2022 05:52
Pahtaga Yana uka paydo buldida poytahtda .
Yana ikkovi bir maydondan foydalanadi.
Bir nimani hidi borda bu kandani tuzilishida
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
03/03/2022 01:57
san qerdan leganer olasan. uzi yasama kamandasan. sanga etadigan pul bor ekan. beron viloyatka klub ochish kerak edi. Horazm. ili Qoraqalpoqqa.