
“Tishloqi” sharafiga aytilgan 10 ta mashhur iqtibos
“Ayaks” ijrochi direktori Rik van den Bug Suarez haqida shunday degan edi: “Luis “Ayaks”ga munosib obro‘ bilan kelgan bo‘lsa-da, “katta” o‘yinchi emas edi, ammo tez orada etakchilikni qo‘lga oldi. U boshqalardan ajralib turardi. Uning ajoyib gollari va klubimiz uchun qilgan harakatlarini hech qachon unutmaymiz. Bizning muxlislarimiz uni judayam ardoqlashadi”.
Brendan Rojers: “U jahon futbolining iste’dodli futbolchisi hisoblanadi. Futbol bir joyda to‘xtab turmaydi, faqatgina vaqt uning qanday marralarni zabd etishini ko‘rsatib bera oladi”.
Stiven Jerard: “Menimcha, kimdir Luis Suarezga qarshi o‘yinni orziqib kutmasa kerak, chunki u mohir o‘yinchi hamda xavfli raqib. U fantastik sherik va ehtimol men bilan to‘p surgan eng yaxshi jamoadoshdir”.
Jeymi Karrager: “Luis “Liverpul”da o‘ynagan eng buyuk futbolchilardan biri, xolos. Barcha zamon va davrlarning eng buyuk odamlari haqida bahs olib borsangiz, u albatta eng kuchli beshtalikdan o‘rin oladi. Uning harakati va urgan gollari o‘yin davomidagi eng unutilmas lahzalarga aylanib qolgan. Barchangiz bizning tarkibimizda eng yaxshi o‘yinchilar, eng yaxshi iste’dod egalari to‘p surganligiga guvoh bo‘lgansiz va aynan Luis 2013-yil oxiri va 2014-yilning birinchi yarmida “Liverpul” cho‘qqisini zabd eta oldi”.
Suarez Kellinini tishlab olgandan keyin Diego Maradona shunday degan edi: “FIFA kiritgan sanktsiyalar sharmandalikning o‘zginasi, ular muxlislarga nisbatan noxaqlik qilishdi. Shuningdek, ular Luisning qo‘llarini kishanlab, Guantanamo qamoqxonasiga ham tashlashlari mumkin edi. Achinarlisi, ular g‘alabaga erishgan yigitning karerasini yo‘qqa chiqarishdi. FIFA axloq qoidalari haqida gapirmay qo‘yaqolay. Suarez hech kimning hayotiga zomin bo‘lmadi. Bu adolatsiz jazo”.
Jerar Pike: “U tishlaydimi, yo‘qmi menga butunlay farqi yo‘q. Avval tishlagan bo‘lsa ham ahamiyatsiz. Suarez o‘zini bunday tutish noto‘g‘riligini biladi, ammo o‘yinchi sifatida kuchli uchlik yoki beshlikdan joy egallaydi, shu sababli uni o‘z klubimda ko‘rishdan mamnunman”.
Kristian Rodriges: “Suarez bekorchilik bilan mashg‘ul emas, raqiblarini ezib tashlaydi va o‘zini “ko‘cha” o‘yinchisi kabi tutadi, shu sababdan u men uchun dunyodagi eng yaxshi o‘yinchidir”.
Luis Enrike: “Luis jarima maydonchasida har qanday vaziyatni o‘z foydasiga hal etishga qodir bo‘lgan “qotil”. Agar biz uning himoyachilarga kuchli bosim o‘tkazishini hisobga olsak, uning o‘rnini hech kim bosa olmasligini tushunib etamiz”.
Terri Anri: “Suarezda futbol uchun kerakli qobiliyatlar mavjud: u jang qiladi, yaxshi harakatlkanadi, to‘g‘ri keladigan yoshda va albatta gol ura oladi. U jamoa uchun ko‘p narsa berish imkoniyatiga ega va “Barselona” uchun aynan shu jihati juda muhimdir”.
Fikrlar