Tite jarohatlangan Neymar o‘rniga terma jamoaga kimni chaqiradi?

  • 6 iyun, 2019, 20:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan avvalroq PSJ forvardi Neymar Qatarga qarshi o‘yinda jarohat olgani va Amerika kubogini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgan edi.

Tecno

AS nashrining yozishicha Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Neymar o‘rniga tarkibga jalb etilishi mumkin bo‘lgan bir nechta futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda. U ayni damda ushbu joyga Vinisius Junior ("Real") yoki Lukas Mouradan ("Tottenxem") birini chaqirishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya mezbonligidagi qit’a kubogi 14 iyunda start oladi. Mezbonlar guruhda Boliviya, Venesuela va Peru terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!