
Tite: Messi menga jim bo‘lishimni aytdi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi kecha Braziliyaga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yini (0:1) mobaynida "pentakampeonlar" ustozi Titega nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgan. Bunga sabab sifatida 32 yoshli hujumchi Kopa Amerika-2019 doirasida hakamlar Braziliyaga yon bosgan degan fikrdan qaytmaganligini ko‘rsatish mumkin.
"Messi menga jim bo‘lishimni aytdi. U sariq kartochka bilan jazolanishi kerak edi. Hakam bu vaziyatga e’’tibor bermadi", - dedi braziliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, kecha Messi 3 oylik diskvalifikatsiyadan keyingi dastlabki o‘yinini Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida o‘tkazdi va yagona golga mualliflik qildi.
Fikrlar