Tite tarixiy rekord o‘rnatdi

  • 08.07.2019 11:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite noyob rekord sohibiga aylandi.

Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 58 yoshli braziliyalik mutaxassis Amerika kubogi, Libertadores kubogi va Sudamerikan kubogida zafar quchgan ilk murabbiyga aylandi.

Ta’kidlash kerakki, Tite Sudamerikan kubogida 2008 yil “Internasonal” klubi bilan, Libertadores kubogida esa 2012 “Korintians” bilan g‘alaba qozongan.

Ma’lumot uchun, Titening Braziliya terma jamoasi bilan shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!