Tohir Shamsiddinov va Jamoliddin Ubaydullaev "Buxoro"da ko‘rikdan o‘tmoqda

  • 06.01.2019 20:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yakuniga etgan mavsum Superliganing kuchli oltiligiga kira olgan “Buxoro” yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini boshlab yuborgan.

SPORTS.uz’ga ma’lum bo‘lishicha o‘tgan mavsumni Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasida yakunlagan himoyachi Tohir Shamsiddinov 3 yanvardan boshlab “Buxoro” yig‘inida ishtirok etmoqda. Shuningdek buxoroliklar safiga “Mash’al”dan Jamoliddin Ubaydullaev ham kelib qo‘shilgan.

Bizga etib kelgan xabarlarga qaraganda o‘tgan mavsumni “Neftchi” safida o‘tkazgan aksariyat futbolchilarning “Buxoro”ga kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoa ayni damda Buxoro sport majmuasi maydonida mashg‘ulotlar olib bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
zohir_t
06/01/2019 21:17
Buxoroda nima gap
&
darwesh
06/01/2019 20:18
Ашурматовга хамма уйинчилар таниш