
Tojikiston olimpiya terma jamoasi Toshkentga etib keldi (foto)
Mazkur bosqichda Lyubinko Drulovich boshliq olimpiya terma jamoamiz, Tojikiston va Hindiston olimpiya terma jamoalari ishtirk etadi. Bugun esa Usmon Toshev boshliq Tojikiston olimpiya terma jamoasi poytaxtimizga etib keldi.
Tojikiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionati saralash bosqichi uchun tarkibi
Darvozabonlar: Rustam Yatimov («Istiqlol»), Shoxrux Kirg‘izboev («Barqchi»), Fatxullo Boboev («Regar-TadAZ»);
Himoyachilar: Alisher Xolmurodov («Regar-TadAZ»), Tabrezi Davlatmir, Zoir Jo‘raboev (ikkalasi - «Istiqlol»), Oyatullo Safarov, Dorobjon Ergashev, Manuchexr Safarov (barchasi – TsSKA «Pamir»), Xuseyn Nurmatov, Alisher Barotov (ikkalasi – «Xatlon»);
Yarim himoyachilar: Exsoni Panjshanbe, Muxammadjon Raximov (ikkalasi – «Istiklol»), Karomatullo Saidov, Sorbon Avgonov (ikkalasi - «Xatlon»), Shervoni Mabatshoev, Daler Yodgorov, Sharafdjon Solexov (barchasi – TsSKA «Pamir»), Otabek Karimov («Istaravshan»), Saidmuxtor Azimov («Ko‘ktosh»);
Hujumchilar: Sheriddin Boboev («Istiqlol»), Amirjon Safarov («Ko‘ktosh»), Toxir Malodo‘stov («Barqchi»).
Bosh murabbiy – Usmon Toshev (O‘zbekiston).
Fikrlar