
Tojikistonlik Exsoni Panshanbe yana O‘zbekistonga qaytdi
"So‘g‘diyona" klubi Tojikiston milliy terma jamoasi etakchilaridan biri - Exsoni Panshanbeni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
25 yoshli yarim himoyachi jizzaxliklar bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Panshanbe 2024 yilda Tojikistonning "Istiqlol" safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani bajardi.
Tojikiston milliy terma jamoasida esa hozirgacha 56 ta uchrashuvda 5 ta gol urgan.
Muxlislarimiz uni "Navbahor"dagi faoliyati orqali yaxshi eslab qolishgan. Endilikda Exsoni "So‘g‘diyona"ning yangi a’zosiga aylandi.
Exsoni "Navbahor"dan tashqari Tojikistonning "Brakchi" va Eronning "Zob Axan" klubida ham to‘p surgan.
Fikrlar