
Tojikistonning O‘zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan bo‘lib o‘tadigan yig‘ini uchun qaydnomasi ma’lum qilindi
Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston milliy terma jamoasining O‘zbekiston MTJga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan tashkil qilinadigan yig‘in uchun qaydnomasi ma’lum bo‘ldi.
Terma jamoa 25 avgustdan e’tiboran Dushanbeda mashg‘ulotlarga kirishadi. Yig‘inga jami 24 ta futbolchi - 3 ta darvozabon, 7 ta himoyachi, 9 ta yarim himoyachi va 5 ta hujumchi taklif qilingan.
To‘liq tarkib
Darvozabonlar: Rustam Yatimov («Istiqlol»), Shoxrux Kirgizboev («Lokomotiv-Pomir»), Kurbonali Boboev («Ko‘ktosh»);
Himoyachilar: Axtam Nazarov, Iskandar Djalilov, Tabrezi Davlatmir, Zoir Djuraboev (barchasi - «Istiqlol»), Manuchexr Safarov («Lokomotiv-Pomir»), Xurshed Beknazarov, Alisher Barotov (ikkisi ham – «Xo‘jand»);
Yarim himoyachilar: Alisher Djalilov, Amirbek Djuraboev, Exsoni Pandjshanbe, Muxammadjon Raximov (barchasi – «Istiqlol»), Ilxom Barotov («Istaravshan»), Umardjon Sharipov («Xatlon»), Sharafdjon Solexov («Fayzkand»), Komron Tursunov («Moxun Bagan», Hindiston), Xurshed Abdulloev («Dushanbe-83»);
Hujumchilar: Manuchexr Djalilov, Sheriddin Boboev (ikkisi ham – «Istiklol»), Djaxongir Ergashev, Dilshod Bozorov, Toxir Malodustov (barchasi – «Xudjand»).
Fikrlar