
Tokio-2020, 2-saralash bosqichi. Edita Mirobidova Xitoy Taypeyi - Eron uchrashuvini boshqardi
Kecha hamyurtimiz Edita Mirobidova Tokio-2020 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan "S" guruhidagi Xitoy Taypeyi va Eron ayollar olimpiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshqarib bordi. Uchrashuv 4:1 hisobida Xitoy Taypeyi terma jamoasining g‘alabasi bilan yakuniga etdi.
Bundan tashqari, yana bir hamyurtimiz Zilola Rahmatova kecha "A" guruhidan o‘rin olgan Indoneziya - Nepal o‘yinida yordamchi hakam sifatida ishladi. Mazkur o‘yinda Nepal 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar