
Tokio-2020. Bobousmon Boturov 1/8 finalda Evropa chempioniga qarshi ringga ko‘tariladi!
-69 kg vazn toifasida bahslarga kirishgan Bobousmon Boturov Dominikan Respublikasi sharafini himoya qilayotgan Emiliano Polankoni mag‘lubiyatga uchratgandi. Birinchi va uchinchi raundni o‘z foydasiga hal etgan vakilimiz 4:0 hisobidagi g‘alaba bilan 1/4 finalga chiqdi.
Endi Boturov mazkur bosqichda Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan Pet MakKormakka qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu jang bugun, 30 iyul kuni bo‘lib 8:30 atrofida boshlanishi rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun, uning raqibi 2019 yilgi Evropa chempioni hisoblanadi.
Fikrlar