Tokio-2020: Ertaga 8 nafar paralimpiyachimiz bahslarda ishtirok etadi

Ayni kunlarda Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Ertaga 8 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarga kirishadi.

Jumladan, Toshkent vaqti bilan soat 05:30 dan boshlab para engil atletikaning uzunlikka sakrash turida T11 klassida Asila Mirzayorova, soat 06:19 da para engil atletikaning disk uloqtirish turida F55 klassida Nurxon Qurbonova medallar uchun kurashda ishtirok etadi.

Soat 06:30 dan boshlab para dzyudo bellashuvlariga start beriladi. Shu kuni erkaklar o‘rtasida ikki nafar hamyurtimiz: -60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov va -66 kg vazn toifasida Uchqun Quronboev yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Soat 06:46 da para suzuvchimiz Shohsanamxon Toshpo‘latova ayollar o‘rtasida S13 klassida 400 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha saralashda ishtirok etadi.

Soat 07:10 da para akademik eshkak eshuvchilarimiz – Otabek Qo‘chqorov hamda Feruza Bo‘riboeva PR2 mix 2X klassida 2000 metr masofaga bo‘ladigan bahsda qatnashadi.

Soat 07:44 da T37 klassida ayollar o‘rtasida 200 metr masofaga yugurish bo‘yicha saralashda Sabina Suxanova ishtirok etadi.

27777

Ertangi bahslarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan barcha sportchilarimizga omad tilaymiz. Olg‘a, O‘zbekiston!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!