Tokio-2020. Olimpiadaning bugungi kuni vakillarimiz uchun qanday o‘tdi?

CHERY AUTO

Assalomu alaykum, muhtaram sport ixlosmandlari! Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarining eng so‘nggi yangiliklarini e’tiboringizga havola etishda davom etamiz. Bugun, 1 avgust kuni 5 nafar yurtdoshimiz o‘z yurishini boshlaydi. Kun davomida ularning natijalarini onlayn yoritib boramiz! Yangiliklarni SPORTS.uz sayti orqali kuzatib boring!

Tecno

17:05. Sportchilarimizning bugungi chiqishlari yakuniga etdi. Bizni kuzatib borganingiz uchun katta rahmat!

17:03. Kumushxon Fayzullaeva siltab ko‘tarishning so‘nggi urinishida 130 kg toshni ko‘tara olmadi. Shu tariqa, Kumushxon "A" guruhida 7-o‘rinni egalladi. 

17:00. Ikinchi urinishda vakilimiz 126 kg toshni ko‘tardi

16:58. Kumushxon Fayzullaeva siltab ko‘tarishning dastlabki urinishida 122 kg toshni bo‘ysundirdi.

16:57. Kumushxon Fayzullaeva siltab ko‘tarishdagi o‘z yurishini boshlamoqda

16:08. Dast ko‘tarishning so‘nggi urinishida Kumushxon 101 kg toshni bo‘ysindirdi.

16:05. Ikkinchi urinishda vakilamiz 101 kg toshni ko‘tara olmadi.

16:03. Fayzullaeva dast ko‘tarishning ilk urinishida 97 kg toshni bo‘ysundirdi.

15:59. Og‘ir atletika: -76 kg vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Kumushxon Fayzullaeva o‘z ishtirokini boshlamoqda.

15:07. Elmurat Tasmurodov va Mo‘minjon Abdullaevning ikkisida ham bronza uchun imkoniyat qolmadi. Ularning raqiblari ham finalga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi.

9:42. Endi Jalolov 4 avgust kuni final yo‘llanmasi uchun buyuk britaniyalik Freyzer Klark qarshi ringga ko‘tariladi.

9:22. Bahodir Jalolov hindistonlik raqibini 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Boksdagi ilk medal naqd? Bilasiz, boks bellashuvlarida yarim finalda imkoniyatni boy bergan sportchi bronza medali bilan taqdirlanadi. Bahodirdan oltin medali kutib qolamiz.

9:17. Ikkinchi raundni ham barcha hakamlar Jalolov foydasiga ko‘rsatdi.

9:15. Birinchi raundni Bahodir Jalolov o‘z foydasiga hal etdi

8:51. Boks: Birozdan so‘ng Bahodir Jalolovning jangi boshlanadi. U chorak finalda hindistonlik Satish Kumarga qarshi ringga ko‘tariladi.

8:50. Mo‘minjon Abdullaev ham mag‘lubiyatga uchradi. Sportchimiz 0:2 hisobida chililik raqibiga yutqazib qo‘ydi. Abdullaevda ham bronza medali uchun imkon bor. Agar uning raqibi finalga qadar etib borsa, Mo‘minjon bronza medali uchun gilamga chiqadi.

8:46. Dastlabki 3 daqiqa ortda qoldi. Hozircha vakilimiz 0:1 hisobida imkoniyatni boy bermoqda.

8:43. Mo‘minjon Abdullaev yarim final yo‘llanmasi uchun chililik Yasmani Fernandes bilan kurashadi.

7:39. G‘ALABAAA! Mo‘minjon Abdullaev raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Vakilimiz Artur Vititinni 8:0 hisobida mag‘lub etdi va chorak finalga yo‘l oldi.

7:30. Yunon rum kurashi: - 130 kg vazndagi vakilimi Mo‘minjon Abdullaev estoniyalikr raqibi Artur Vititinga qarshi bahs olib boradi. Kurashchilar gilamga chiqib kelmoqda

7:25. Tasmuradov ukrainalik kurashchiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi Temirov finalga etib borgan taqdirda Tasmuradov bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.

7:21. Birinchi bo‘limda so‘ng vakilimiz ukrainalik sportchi Lenur Temirovga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bermoqda

7:12. Yunon rum kurashi. - 60 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Elmurat Tasmuradov gilamga chiqib kelmoqda.

6:56. Darya Reznichenko so‘nggi urinishda 6.19 natija ko‘rsatdi. Shu tariqa, hamyurtimiz saralash bosqichida 13-o‘rinni egallab, o‘z yurishini to‘xtatdi. 

natija

6:30. Ikkinchi urinishda vakilamiz 5.94 natija qayd etdi. Darya hisobida yana bitta urinish qoldi.

6:18. Engil atletika: Ayyolar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha "B" guruh saralash bahslari start oldi. Hamyurtimiz Darya Reznichenko birinchi urinishda 5.92 natija qayd etdi.

Quyida bugun o‘z ishtirokini o‘tkazadigan sportchilarimiz bilan tanishib olishingiz mumkin:

1.Darya Reznichenko (engil atletika, ayollar, uzunlikka sakrash, saralash "B" guruhi ) – 05:50

2.Bahodir Jalolov (boks, erkaklar, +91 kg) – 09:06

3.Mo‘minjon Abdullaev (yunon rum kurashi, erkaklar, -130 kg) –

4.Elmurat Tasmurodov (yunon rum kurashi, erkaklar, -60 kg) –

5.Kumushxon Fayzullaeva (og‘ir atletika, ayollar, -76 kg) – 15:50

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
solijon bobokulov
01/08/2021 06:41
Ma'lumotlarni kengroq berib borishni iloji yo'qmi?