Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichining Toshkentda o‘tkaziladigan o‘yinlari joyi va vaqti aniqlandi

  • 28 mart, 2019, 10:44
  • 0
  • Futbol
O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi shu yilning 1-9 aprel kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan Tokio-2020 olimpiadasi saralashida qatnashishi haqida xabar berib o‘tgandik. Terma jamoamiz "B" guruhida Vetnam, Iordaniya va Gonkong terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
 
O‘FA rasmiy saytida O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi o‘yinlari taqvimi e’lon qilindi:
 
3 aprel, soat 15:00
Vetnam - O‘zbekiston ("Lokomotiv" stadioni)
Iordaniya - Gonkong (TTYMI stadioni)
 
6 aprel, soat 15:00
O‘zbekiston  – Iordaniya ("Lokomotiv" stadioni)
Gonkong - Vetnam (TTYMI stadioni)
 
9 aprel, soat 15:00
Vetnam - Iordaniya   (TTYMI stadioni)
Gonkong - O‘zbekiston ("Lokomotiv" stadioni)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!