Tokio-2020. O‘zbekiston umumjamoa hisobida nechanchi o‘rinda bormoqda?

  • 2 sentabr, 2021, 19:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Tokiodagi XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarining 9-kuni ham o‘z nihoyasiga etdi. Bugun yurtimiz sharafini 9 nafar sportchi himoya qildi.

Para kanoe bahslarida ishtirok etgan 3 nafar hamyurtimiz - Shahnoza Mirzaeva, Azizbek Abdulhabibov va Hayitmurod Sherqo‘ziev to‘g‘ridan-to‘g‘ri final yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Ular endi yarim final orqali bunga urunib ko‘rishadi.

Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida -49 kg vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz Ziyoda Isoqova yarim finalga qadar etib bordi va bronza uchun kurashda mag‘lub bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasida -61 kg vazn toifasida qatnashgan sportchimiz Zuhriddin Tohirov ham medal qo‘lga kirita olmadi.

Para engil atletikachilarimiz Dilafruz Ahmadxonova, Mohigul Hamdamova va Sabina Suxanova ham finalda ishtirok etishdi, biroq ularga ham omad etishmadi. Ammo yadro uloqtirish bahsida qatnashgan taniqli sportchimiz Husniddin Norbekov 16.13 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi 6 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida 16-o‘rinda bormoqda:

16666

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shavkat Pardaev
04/09/2021 00:06
Журналистлар орқада қолаяпсилар Олтин медаллар сони 7та бўлдику.