Tokio-2020: Paralimpiadachilarimizdan yana bir yo‘llanma

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Vengriyaning Tseged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda. Quvonarlisi, biroz avval o‘tkazilgan navbatdagi bellashuv delegatsiyamiz uchun omadli yakunlandi.

Tecno

Ayollar o‘rtasida KL3 yo‘nalishida 200 metr masofaga kechgan bellashuvda Shahnoza Mirzaeva oltin medal qatorida Tokio-2020 Paralimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Parakanoe bo‘yicha JCh. Vengriya
KL3-200 metr, erkaklar.
1. Shahnoza Mirzaeva (O‘zbekiston) – 47.29
2. Laura Shugar (Buyuk Britaniya) – 47.32
3. Shahlo Behruzirod (Eron) – 48.95

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada terma jamoamizning boshqa bir vakili Hayitmurod Sherqo‘ziev VL3 yo‘nalishida marraga to‘rtinchi bo‘lib etib kelib, u ham Tokio Paralimpiadasi yo‘llanmasiga ega bo‘lgan edi. Shu tariqa delegatsiyamizning Tokio-2020 Paralimpiadasidagi yo‘llanmalari soni 3 taga etdi. Bu borada o‘q otishda Server Ibragimov dastlabki litsenziya egasiga aylangan edi. Tokio Olimpiadasiga esa hozircha Denis Istomin va Olga Zabelinskayaning muvaffaqiyatlari bilan ikkita litsenziya olingan.

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!