
Tokio-2020: Uchqun Quronboev – Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi!
Hozirgina Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -66 kg vazn toifasida hamyurtimiz Uchqun Quronboev ishtirokidagi final bahsi o‘z yakuniga etdi.
Mahoratli sportchimiz oltin medal uchun kurashda ispaniyalik Serxio Ibanezga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan kurashda hamyurtimiz g‘alaba qozondi va delegatsiyamiz hisobiga ilk oltin medalni yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar