
"Tokio-2020" uchun sotilgan chiptalar pulini qaytarib olish uchun buyurtmalar qabul qilinmoqda
"Tokio-2020" Tashkiliy qo‘mitasi 10 noyabrdan boshlab, 2020 yildan 2021 yilga ko‘chirilgan yozgi Olimpiya o‘yinlariga sotilgan chiptalar pulini qaytarib olish uchun buyurtmalar qabul qila boshladi. Bu haqda Tashkiliy qo‘mitaning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Buyurtmalarni 30 noyabrgacha rasmiylashtirish mumkin. Tokiodagi Paralimpiya o‘yinlari uchun sotilgan chiptalarga buyurtmalar 1 dekabrdan 21 dekabrgacha qabul qilinadi. Yutuqli o‘yinlar orqali xarid qilgan aholi chipta pullarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaytarib oladilar. Chet elliklar buning uchun o‘z mamlakatlarida chiptalar savdosi bilan shug‘ullangan rasmiy tashkilotlarga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga 10 milliontaga yaqin chipta sotilishi rejalashtirilgan edi. Hozirgi paytgacha Olimpiya o‘yinlari uchun 4,4 millionta, Paralimpiya o‘yinlari uchun 970 mingtaga yaqin chipta sotilgan.
Fikrlar