Tokio Olimpiadasida olingan barcha doping-sinamalar doimiy qo‘riqlanadi

  • 28.07.2020 14:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tokio Olimpiadasi davomida olingan barcha doping-sinamalar doimiy qo‘riqlanadi. Bu haqda Xalqaro testlash agentligining (ITA) matbuot xizmati xabar qilmoqda.

«ITA sinamalarni uzoq muddatli saqlash uchun qo‘riqlanadigan ob’ektning qurilish ishlarini yakunladi. Bu ob’ektda Tokio O‘yinlari mobaynida olinadigan barcha doping-sinamalar saqlanadi. Maxsus omborga shuningdek 2021-O‘yinlar oldidan o‘tkaziladigan malakaviy musobaqalarda olingan sinamalar ham etkaziladi. Barcha doping-sinamalar o‘n yil davomida saqlanadi. 2020 yil sentyabr oyidan boshlab sinamalarni uzoq muddatli saqlash tizimini yaratish milliy antidoping agentliklariga ham tavsiya etiladi», – deyiladi ITA hisobotida.

Eslatib o‘tamiz, Tokio Olimpiya o‘yinlari 2021 yil 23 iyuldan boshlab 8 avgust kuniga qadar bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!