
Tom Aspinal: "Jon Jons ataylab Miochichni tanladi"
Og‘ir vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinal amaldagi chempion Jon Jons va Stipe Miochich o‘rtasidagi jangni tanqid qildi.
"Jon Jons mendan qochdi. U atayin 42 yoshli Stipe Miochichni tanladi. Endi ularning jangi hech kimga qiziq emas", - dedi Aspinal o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, AQSh ning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 309" turnirida Jon Jons (27-1-1 N/C) hamyurti Stipe Miochich(20-4)ga qarshi kurash olib boradi.
Fikrlar