
Tom Aspinall: Miochich "UFC 300" da men bilan jang qilishdan bosh tortdi
Og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall 13 aprel kuni Stipe Miochichga qarshi jang o‘tkazishni taklif qilganini aytdi.
“UFC vakillari menejerim bilan bog‘lanib, 13 aprel kuni "UFC 300" da Miochich bilan jang o‘tkazishni xohlaysizmi, deb so‘rashdi. Albatta, men rozi bo‘ldim. Birozdan keyin bizga Miochich men bilan jang qilmoqchi emasligini, faqat Jonsga qarshi jang qilishdan manfaatdor ekanligini aytishdi. Shu bois xam davom etamiz. Men xafa emasman, buni to‘g‘ri qabul qilaman," – dedi jangchi.
Fikrlar