Tom Aspinall: "Professional jangchilar moliyaviy jihatdan ko‘p qiyinchiliklarga duch keladi, biroq buni hamma ham ko‘ravermaydi"

  • 21 may, 15:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Og‘ir vaznda (120 kg) vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall professional jangchi bo‘lish qiyinchiliklari haqida gapirdi.

"Menga juda omad kulib boqdi, MMA bilan shug‘ullanishni istamagan paytlarim ko‘p bo‘lgan. Sport bilan shug‘ullanmaydigan yoki professional musobaqalarda qatnashmaydigan ko‘p odamlar bizga moliyaviy jihatdan qanchalik qiyinligini anglamaydi, ayniqsa, farzandlar paydo bo‘lganda. Men juda ko‘p marta taslim bo‘lishni xohlardim. Biroq har doim otam menga aytardi: "Biz anchadan buyon mashg‘ulot o‘tkazamiz. Hozir to‘xtay olmaymiz. Shunchaki davom et!" -  dedi britaniyalik UFC sobiq chempioni Demetrius Jonson bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, Tom Aspinall bu yil so‘nggida Jon Jonsga qarshi chempionlik jangini o‘tkazishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!