
Tom Aspinall: "UFC reytingining kuchli 15 taligiga kirganingizdan so‘nggina ko‘proq pul ishlay olasiz"
Og‘ir vaznda (120 kg) vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall MMA dagi daromadlari haqida gapirdi.
"UFC ga chiqa olmagan yigitlar uchun kichikroq shoularda moliyaviy ahvol yaxshilanadi, degan umiddaman. Chunki... Rostini aytsam, UFC reytingining kuchli 15 taligiga kirganingizdan so‘ng pul ishlashni boshlaysiz. Ana shundan keyingina siz uyingizga nimadir olib kira olasiz" - dedi britaniyalik UFC sobiq chempioni Demetrius Jonson bilan suhbatda.
Ma’lumot uchun, Tom Aspinall bu yil so‘nggida Jon Jonsga qarshi chempionlik jangini o‘tkazishi kutilmoqda.
Fikrlar