Tom Aspinallning boks yulduzlariga qarshi imkoniyati qanday?

  • 21.05.2026 21:22
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyalik MMA ustasi Tom Aspinall boks yulduzlari – Aleksandr Usik, Tayson Fyuri va Entoni Joshuaga qarshi jangda o‘z imkoniyatlarini baholadi.

"O‘z vaqtida Fyuri bilan birga shug‘ullangan bo‘lsam-da, elita darajasidagi charm qo‘lqop ustalariga qarshi ringda imkoniyatim yuqori emas. Ehtimol, og‘ir vaznda 1-2 janglarda g‘alaba qozona olarman, biroq Usik, Fyuri yoki Joshuani yengolmasligim aniq" ,- dedi UFC chempioni "Fight Your Corner" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Tom Aspinall ko‘zidagi jarohatni davolamoqda. Uning navbatdagi raqibi 14 iyun kuni Aleks Perreyra va Siril Gan o‘rtasidagi jangda aniqlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!