
Tom Aspinalning Frensis Ngannuga qarshi jangda imkoniyatlari qanday?
Og‘ir vaznda vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinal PFL changchisi Frensis Ngannuga qarshi ehtimoliy jangda o‘z imkoniyatlarini baholadi.
"Aspinal - Ngannu mi? Ha, bu ajoyib jang bo‘lardi. Frensis haqiqatdan ham ajoyib yigit. Menimcha, bu erda imkoniyatlar 50/50. Raqib juda daxshatli. Ammo texnik jihatdan men undan yaxshiroqman", - dedi britaniyalik o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, 19 oktyabr kuni Frensis Ngannu (17-3) PFL chempioni Renan Ferreyra(13-3-3 N/C)ga qarshi jang qiladi.
Fikrlar