Tomas Myuller: "Agar Flik chaqirsa, "Barselona"ga o‘tgan bo‘lar edim"

  • 21.10.2025 14:56
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Vankuver Uaytkaps" hujumchisi Tomas Myuller o‘zining ehtimoliy "Barselona"ga transferi haqidagi savolga javob berdi.

"Agar meni yaxshi biladigan Xans-Diter Flik menga qo‘ng‘iroq qilganida va "Barselona" loyihasi menga yoqqanida, bunday variantni qabul qilgan bo‘lardim. "Barsa" — oliy darajadagi klub va sendan nima kutilayotganini yaxshi bilasan", — dedi Myuller "Barca Universal" nashriga.

Myuller — "Bavariya" tarbiyalanuvchisi. U deyarli butun faoliyatini myunxenliklar safida o‘tkazgan, ammo o‘tgan yozda erkin agent sifatida jamoani tark etdi. Hozirda 36 yoshli futbolchi MLSning "Vankuver Uaytkaps" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!