
Tomas Tuxel: Neymar PSJ sardori bo‘lish uchun etarli sifatlarga ega emas
PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel braziliyalik hujumchi Neymar jamoaga sardorlik qila olmasligini aytdi.
“PSJ sardorlari Tyago Silva va Markinoslar hisoblanadi. Ularning ikkalasi ham buyuk futbolchilar. Neymar ajoyib futbolchi, biroq, unda sardor bo‘lish uchun etarli sifatlar mavjud emas. Umuman olganda bu savol nega ko‘tarilganini tushunmadim”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, PSJ Neymarni 2017 yilning yozida “Barselona”dan 222 mln evoga sotib olgan edi. U joriy mavsum 28ta o‘yinda ishtirok etdi va 23ta gol hamda 12ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar