Tonali yozda "Nyukasl"ni tark etishi mumkin, "Yuventus" asosiy da'vogar
Sandro Tonali yaqinlashib kelayotgan yozda "Nyukasl"ni tark etishi mumkin. Bu haqida "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, italyalik yarim himoyachi "Yuventus"ning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, bu endi oddiy orzu emas, balki amalga oshishi mumkin bo‘lgan ssenariydir. Biroq bunday kelishuv katta moliyaviy sarf-xarajatlarni talab qiladi.
Bunga sabablaridan biri — "Nyukasl'ning kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etmasligi ehtimoli. Agar shunday bo‘lsa, klub moliyaviy qoidalarga rioya qilish uchun futbolchilarni sotishga majbur bo‘lishi mumkin.
APL vakili Aleksandr Isak bilan yuzaga kelgan vaziyat takrorlanishidan xavotirda. O‘shanda hujumchi o‘zini sotishlarini talab qilgan edi. Biroq nashr yozishicha, klub tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va stavkalar bilan bog‘liq muammolar sabab bir necha oy maydondan chetda qolgan Tonali bilan bunday holat yuz berishi ehtimoli past. Shunga qaramay, agar jamoa Chempionlar ligasida ishtirok etmasa, u kelajagi haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin.
Qayd etilishicha, yozda "Yuventus" 40–50 million yevro atrofida mablag‘ to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Yarim himoyachining maoshi esa muammo tug‘dirmaydi.
Fikrlar