
To‘p zarbidan nokaut bo‘lgan futbolchi shifoxonada o‘ziga keltirildi
Belgiya chempionatining navbatdagi turida futbolda kam uchraydigan holat yuz berdi.
“Molenbek” klubining hujumkor futbolchisi Jeff Ren-Adelaid “Sherlarua” jamoasiga qarshi uchrashuvni oxirigacha davom ettira olmadi.
Bunga sabab uning yuziga to‘p tekkanidan keyin Jeff nokautga uchradi va o‘n daqiqa davomida hushiga kelmaganidan keyin tezkor ravishda shifoxonaga olib ketildi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Ren-Adelaid shifoxonada o‘ziga kelgan va salomatligi barqarorlashgan. Shunday bo‘lsa-da, “Molenbek” bosh murabbiyi Yannik Ferreyra Jeff Ren-Adelaid joriy mavsumda boshqa maydonga tushmasligini bildirdi.
Jeff “Molenbek”ning asosiy o‘yinchilaridan hisoblanadi. U mavsumda 27 marotaba maydonga tushib, uchta gol va ikkita assist qayd etgan. Futbolchining shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanishini inobatga olsak, yozda Jeff kelajagi borasida bir qarorga kelishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar