To‘purar hujumchini tekinga qo‘lga kiritish uchun kurash avjiga chiqmoqda

  • 28 aprel, 2021, 11:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" rahbariyati yozda "Lion" hujumchisi Memfis Depayni tarkibga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar berdi.

27 yoshli gollandiyalik futbolchining frantsuz grandi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning 20 iyunida o‘z nihoyasiga etadi. Shuning uchun ham u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shiladi. Bu pandemiya davrida moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan “Yuventus” uchun juda yaxshi imkoniyatdir.

Ammo Depayni qo‘lga kiritish "Yuventus"ga oson bo‘lmaydi. Turinliklar bu borada "Barselona" va "Liverpul"ga qarshi bo‘ladigan raqobatda g‘olib chiqishi kerak.

Memfis Depay joriy mavsum "Lion" safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, uning narxi 45 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!