To‘purar legionerimiz: Men tezkormasman, texnikam ham zo‘r emas demayman, lekin...

  • 14 dekabr, 2021, 07:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev  bu yilgi mavsumni “Tobol” safida Qozog‘iston chempioni sifatida yakunladi. Tajribali futbolchimiz Qozog‘iston premer-ligasida 25 ta o‘yinda 11 ta, kubok musobaqasida 9 ta bahsda 4 ta va UEFA Konferentsiyalar ligasida 4 uchrashuvda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Qozog‘istonning Meta-ratings.kz sayti legionerimiz bilan suhbat uyushtirdi.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari e’tiboriga ushbu intervyuni havola etishni ma’qul topdik.

8781b-ruslan-valiullin-i-yuriy-percukh

- Igor, yakunlangan mavsum faoliyatingizda o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Eng muhim voqealarni ayta olasizmi?

- Ha, albatta. Birinchi bor Evrokuboklarda o‘ynadim, boshqa chempionat, shukrki, chempion bo‘ldik va gollar ham urildi. Shuning uchun ham bu eng bosh mavsumlardan bo‘ldi. “Xayduk” jamoasiga urgan gollarimni ham aytishim kerak, chempionatda oxirigacha qizg‘in kurash kechdi.  Mavsum oxirida hamma narsaning ikir-chikirigacha e’tibor qilinadigan davrda har bir soniya, lahza, mashg‘ulotlar nazorat qilindi. Chempionlikkacha bo‘lgan oxirgi payt ham esda qolarli bo‘ldi.  Har bir mag‘lubiyat, hatto “Jilina”ga 0:5 hisobida yutqazganimiz ham xotirada qoldi, bu ham dars bo‘ldi. Ha, alamli, lekin esda qoladigan.

- Osiyo mamlakatlari futbolchilari o‘z qit’alarida moliyaviy imkoniyati kengroq chempionatlarga oshiqadi. Sizni Qozog‘iston nimasi bilan jalb qildi?

- Qaysi qit’a, mamlakat yoki klub, bu muhim emas. Har bir futbolchi o‘z manfaatiga mos moliyaviy imkoniyatlar qidiradi. Yana kimlardadir futbol o‘ynash, Chempionlar ligasi, Evropa ligasida to‘p tepish kabi istaklar ham bor.  Men nega Qozog‘istonga keldim? Ko‘p o‘zbeklar bu erda o‘ynagan. Ularning aksariyati bilan gaplashdim, hech kim yomon gap aytgani yo‘q. Qolaversa, o‘yin uslubim Qozog‘istonga mos tushadi. Osiyo futbolchilarining jussasi kichik, tezkor va texnikasi kuchli. Men ham tezkormasman, texnikam ham zo‘r emas, demayman (kuladi), lekin u tomonlardagi futbolning farqi bor. Menga qozoq va Evropa futboli ko‘proq ma’qul.

- Sizni “Aktobe”, umuman, Qozog‘iston qanday kutib oldi?

- Qozog‘iston haqida umumiy taassurotlarim ijobiy. “Aktobe”da ham, “Tobol”da ham hammasi zo‘r. Taassurotlarim yaxshi. Balki bu chempion bo‘lganimizga bog‘liqdir, lekin Qozog‘iston va uning futbolidan nima kutgan bo‘lsam, barchasini oldim.

- Qozog‘iston chempionati, infrastruktura va futbol xo‘jaligi tashkilotchiligi saviyasi haqida nima deya olasiz?

- Qozog‘iston chempionati shiddatli, bu menga yoqadi. Bundan tashqari, tezkor, hamma yuguradi. Hech kim biror narsani shundoq berib qo‘ymaydi. Maydonning har qarichi uchun kurash kechadi. Menga shunaqasi yoqadi. Men O‘zbekistonda sun’iy qoplamalari maydonlar bo‘lsa ham, ularda o‘ynamagan edim. Menga bu yangilik bo‘ldi, ba’zan qiynaldim. Tabiiy chimdan sun’iy qoplamaga moslashish qiyin kechdi, ayniqsa bunaqa maydonga o‘ynaganimga uzoq yillar o‘tgani uchun. Akademiya tahsil olgan chog‘imda, bir-ikki marta o‘ynaganman.

Rostini aytsam, infrastruktura u qadar yaxshi rivojlanmagan. O‘yinimni ko‘rish uchun O‘zbekistondan Qozog‘istonga kelgan do‘stlarim futbolning zo‘rligini ta’kidlashdi: kurash, tomoshaboplik, keskinlik, to‘p uchun kurash, g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq, lekin televizordagi tasvirlar maktab maydonida o‘yin bo‘layotgandek  tasavvur uyg‘otdi. Infrastruktura ham rivojlanyapti, jamoalar stadion quryapti. “Turon”da ham juda qimmatbaho stadion borligini eshitdim. Lekin bularning bari tezroq rivojlanishini tilayman.

Tashkilotchilik borasida muammo yo‘q. Qaerdadir kamchiliklar bo‘lsa, muhokama qilinyapti, bartaraf etilmoqda. Katta muammolar yo‘q.

- Evrokuboklardagi debyut. “Xayduk” darvozasiga dubl va “Jilina”dan qaqshatqich zarba. O‘shanda “Tobol”ga nima bo‘lgandi?

- “Xayduk” bilan super o‘yin bo‘ldi, 4:1 hisobida yutdik. O‘shanda hamma narsa bo‘lgandi, asab ham, ikkita gol urdik va shaharga bayram taqdim qildik. Bu unutilmas tuyg‘ular. Shunaqa matchlardan  keyin maydondan chiqib ketayotganda nega mashq qilayotganing va o‘ynayotganing haqida o‘ylaysan. “Jilina” bilan o‘yin shunaqa bo‘lib qoldi.  Men ham, yigitlardan birortasi ham, bunaqa mag‘lubiyatni istamaganiga aminman. Dars oldik. Yomon, lekin baribir tajriba. Kelajakda bunaqasi boshqa yuz bermasligiga umid qilamiz.

sergeeeev

- “Tobol”da o‘ynashni davom ettirasizmi? Agar shunday bo‘lsa, shartnoma necha yilga mo‘ljallangan?

- Shartnoma borasida aniqlik yo‘q. Qiziqish bor, muloqot qilyapmiz. Nima bo‘lishi hali ma’lum emas. “Tobol”da qolsam, xursand bo‘laman. Aslida, rahbariyat va jamoadoshlari meni to‘liq qoniqtiradi. Chempion va superjamoa.

- Kustanay muxlislarini ijtimoiy tarmoqlarda ham, tribunalarda ham ko‘rish mumkin...

- Albatta, turli tanlovlarda ovoz berishlar bo‘ldi, meni qo‘llab-quvvatlaganlari uchun ham minnatdorman. Sen ularning qarindoshi ham, do‘sti ham bo‘lmasangda, seni shunday qadrlashayotgani yaxshi. O‘yiningni baholab, ovoz berishayotgani yoqimli. O‘yinga kelib, qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga alohida rahmat. Juda xursandman.

- Og‘ir mavsumdan keyin qanday tiklanyapsiz? Issiq o‘lkalarga uchib ketdingizmi?

- Hozir oilaviy dam olishdamiz, O‘zbekistonda emas. Telefonga qaramayman, qo‘ng‘iroqlar ko‘p. Hozir dam olyapman xolos.

Evropa Chempionlar ligasida qatnashadigan klub “Navbahor” ko‘zlagan legionerimizga shartnoma taklif qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
14/12/2021 09:40
латта эди, Узбекистонга фойдаси тегмайдиган латта булиб колиб кетган!