
Torresning faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvda nimalar bo‘ldi? (video)
Ispaniyalik mashhur hujumchi Fernando Torres rasman faoliyatini yakunladi.
35 yoshli futbolchi "Sagan Tosu" klubi safida Yaponiya chempionatining 24-turida "Vissel Kobe"ga qarshi maydonga tushdi. E’tiborlisi, bu uning uchun katta futboldagi so‘nggi uchrashuv edi.
Afsuski, Torresning jamoasi uning xayrlashuv o‘yinida 1:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ta’kidlash kerakki, "Vissel Kobe" safida shu kuni Torresning hamyurti Andres Inesta ham to‘p surdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar