To‘rt nafar o‘zbekistonlik MMA vakili Tojikistonda jang qiladi

  • 15 avgust, 2021, 14:07
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bugun, Tojikistonning Xo‘jand shahrida MMA bo‘yicha o‘ziga xos jang kechasi bo‘lib o‘tadi. Unda bir qator o‘zbekistonlik MMA vakillari ham oktagonga ko‘tariladi. 

Jumladan, Jahongir Qoraboev hamda Farrux Madaminov shogirdlari Diyorbek Mutalibov mezbonlar vakili Ramiz Mamirovga qarshi jang qilsa, Doston Ismoilov ham mezbon Rezvon Karimovga qarshi bahs yuritadi. Shuningdek, Saidsherozxon Saydullaev tojikistonlik Aziz Haydarov bilan to‘qnash kelsa, yana bir jangchimiz G‘iyos Mirzamahmudov ham Tojikiston vakili Anvar Nosirov bilan jang qiladi. 

Albatta, mazkur janglarda yurtdoshlarimizga omad tilaymiz. Shu o‘rinda voqealar rivojini bizda kuzatib boring va tez orada jang natijalarini ham e’tiboringizga havola etamiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!